Power BI darslari o'zbek tilida — noldan birinchi professional dashboard'gacha
Excel'da soatlab hisobot yig'ishdan charchadingizmi? Bu Power BI kursi: 10 modul, 28 video darsda Power BI'ni o'zbek tilida, real savdo ma'lumotlarida o'rganasiz — va kurs oxirida rahbariyatga ko'rsatsa bo'ladigan interaktiv dashboard yasaysiz.
Kursga yozilish → Avval dasturni ko'rish ↓Bu holatlar sizga tanishmi?
«Dushanba hisoboti»
Har hafta bir xil ish: 5 ta Excel fayldan raqamlarni ko'chirasiz, formulalar buziladi, diagrammalarni qo'lda yangilaysiz. Yarim kun ketadi — natija esa oddiy jadval.
«Rahbar so'radi»
«Menga o'tgan yilga nisbatan sotuvlarni region kesimida ko'rsating — ertagacha». Ma'lumot bor. Lekin uni tez va chiroyli ko'rsatishning yo'lini bilmaysiz.
«Vakansiyalarda Power BI»
Analitik, marketolog, moliyachi vakansiyalarini ochsangiz — har ikkinchisida «Power BI» turibdi. Siz esa uni hali ochib ham ko'rmagansiz.
«YouTube'da chalkashib qoldim»
Inglizcha darslarni ko'rdingiz, tugma bosishni o'rgandingiz — lekin nega aynan shu tugma, qanday mantiq bilan — tushunarsiz. Bilim bo'laklari bor, tizim yo'q.
Agar hech bo'lmasa bittasi tanish bo'lsa — bu kurs aynan siz uchun. Va yaxshi yangilik: Power BI siz o'ylagandan ancha sodda. Biz uni oddiy hayotiy misollar bilan tushuntiramiz — texnik jargon devorisiz.
Kursdan keyin nimalarni qila olasiz
Biz «professional analitik bo'lasiz» degan mavhum va'dalar bermaymiz. Mana aniq ro'yxat — kursni tugatgach, har bir bandni o'z kompyuteringizda bajarib ko'rsata olasiz:
- Power BI Desktop'ni o'rnatasiz va interfeysda erkin harakatlanasiz.
- Excel va CSV fayllarni ulaysiz, tipik muammolarni Power Query'da tuzatasiz.
- Ma'lumotlar modelini qurasiz — Star Schema tamoyili asosida.
- 8–10 ta DAX-formula yozasiz: measure'lar va hisoblanadigan ustunlar.
- YTD va yil-yilga taqqoslashni Time Intelligence bilan hisoblaysiz.
- Interaktiv dashboard yig'asiz: slicer, bookmark, drill-through.
- Power BI Service'ga nashr qilasiz va RLS bilan kirishni cheklaysiz.
Kursning yagona uzluksiz loyihasi — «Savdo tahlili» dashboard'i
Butun kurs davomida bitta real loyiha: AdventureWorks kompaniyasining 2020–2022 yillardagi savdo ma'lumotlari — 10 ta xom fayl. 1-modulda ularni ulaysiz, 10-modulda tayyor, nashr qilingan dashboard'ni qo'lga kiritasiz. Bu portfolio'ingizdagi birinchi ish bo'ladi.
Bu kurs nimani O'RGATMAYDI
Ko'p kurslar «hammasini o'rgatamiz» deb va'da beradi. Biz aniq chegara qo'yamiz — chunki boshlang'ich bosqichda hamma narsani birdan berish o'rganishni buzadi. Bu kursda yo'q:
- ABC, RFM va kogorta tahlili kabi ilg'or analitik modellar
- CALCULATE funksiyasi va DAX'da kontekstni o'zgartirish (FILTER, ALLEXCEPT)
- Ma'lumotlar bazalariga ulanish (SQL Server, Azure) va On-premises Gateway
- Power BI ichida Python va R skriptlari
- AppSource'dan maxsus visuallar va murakkab piksel-dizayn
Kurs dasturi: 10 modul, 28 video dars, 4.5 soat
Har bir dars «Analitik savol» formatida boshlanadi: avval biznes-savol qo'yiladi, keyin unga javob topish uchun instrument o'rganiladi. Siz «qayerni bosish»ni emas, «nega aynan shunday»ni o'rganasiz.
1Power BI bilan tanishuv
2Ma'lumotlarni ulash
3Power Query — ma'lumotlarni tozalash
4Ma'lumotlar modeli va Star Schema
5DAX asoslari
6Time Intelligence — vaqt tahlili
7Vizualizatsiya asoslari
8Visual Calculations2024 YANGILIGI
9Interaktivlik: slicer, bookmark, drill-through
10Nashr va kirish huquqlari (RLS)
Nega aynan bu Power BI kursi — 5 farq
AdventureWorks — dunyoda tan olingan o'quv bazasi: 3 yillik savdo, minglab tranzaksiyalar. Ekranda ko'rganingiz — sizning ekraningizda ham aynan shunday chiqadi. Raqamlar tekshirilgan.
Har dars «menga ergashing va bosing» emas, biznes-savoldan boshlanadi. Siz analitik kabi o'ylashni o'rganasiz.
Power BI'ning 2024-yilgi bu funksiyasini hozircha birorta o'zbekcha kurs yoritmagan. Siz eng yangi bilim bilan chiqasiz.
Power Query — kir yuvish mashinasi. BI — oshxona. Murakkab tushunchalar hayotiy analogiyalarda — texnik ta'limsiz odam ham tushunadi.
Kurs nimani o'rgatmasligini ochiq yozamiz. O'zbek bozorida bu kamdan-kam uchraydi — va bu bizning ishonch belgimiz.
O'qish formati: qulay vaqtda, o'z sur'atingizda
- 28 video dars (~4.5 soat) — har biri qisqa, bitta aniq mavzu
- exode.biz platformasida — telefon va kompyuterdan, istalgan vaqtda
- Umrbod kirish — materiallarga muddatsiz qaytasiz
- Yuklab olinadigan materiallar: dataset, DAX-shpargalka, shablonlar, chek-listlar
- Amaliy topshiriqlar har modul oxirida — «ko'rdim» emas, «qildim»
- Yagona loyiha — kurs oxirida portfolio'ga tayyor dashboard
Power BI darslari narxi: aksiya 750 000 so'm
- 10 modul, 28 video dars
- AdventureWorks dataseti (10 fayl)
- DAX-shpargalka va shablonlar
- Umrbod kirish
- Amaliy topshiriqlar va chek-listlar
Ko'p beriladigan savollar
Power BI nima va u nima uchun kerak?
Power BI Excel'dan nimasi bilan farq qiladi?
Power BI bepulmi?
Power BI darslari qancha turadi?
Power BI darslari o'zbek tilidami?
Excel'ni bilish shartmi?
Kursni o'rganish qancha vaqt oladi?
Men texnik mutaxassis emasman — uddalaymanmi?
DAX nima? U qiyinmi?
Power BI darslari: nimani o'rganasiz va kimga mos
Agar siz «power bi darslari», «power bi kursi» yoki «power bi o'zbek tilida» deb qidirayotgan bo'lsangiz, DATA AKADEMIYA'ning bu video kursi aynan shu maqsad uchun yaratilgan. Power BI darslari noldan boshlanadi: dasturni o'rnatish, ma'lumotlarni ulash, Power Query orqali tozalash, ma'lumotlar modeli, DAX formulalari va tayyor interaktiv dashboard.
Power BI o'rganish — qayerdan boshlash kerak?
Power BI o'rganishni Power BI Desktop'ni o'rnatishdan boshlaymiz, so'ng Excel va CSV fayllarni ulab, Power Query'da tozalaymiz. Keyin Star Schema asosida model quramiz va DAX'da birinchi measure'larni yozamiz. Har bir Power BI darsi aniq biznes-savoldan boshlanadi.
Kimlar uchun Power BI kursi?
Data-analitiklar, moliyachilar, marketologlar, menejerlar va buxgalterlar uchun. Dasturlash bilimi talab qilinmaydi — Excel'da oddiy jadvallar bilan ishlay olsangiz yetarli. Kurs Toshkent va butun O'zbekiston bo'yicha onlayn mavjud.
Power BI darslari narxi
Power BI kursining odatiy narxi 1 500 000 so'm. Hozir aksiya — 750 000 so'm. To'lovdan so'ng 28 video darsga umrbod kirish ochiladi.
Bugun boshlang — bir oydan keyin birinchi dashboard'ingiz tayyor
Har hafta Excel'da yo'qotayotgan soatlaringizni hisoblang. Power BI bu vaqtni sizga qaytaradi — kurs esa Power BI'ni eng qisqa yo'l bilan o'rgatadi: o'zbek tilida, real ma'lumotlarda, halol dastur bilan.
